Главная » 2020 » Март » 24 » Koronavirus yerning "eng chekka burchagi”ga ham yetib bordi
22:04

Koronavirus yerning "eng chekka burchagi”ga ham yetib bordi


Chilining Pasxa orolida koronavirus bilan bog‘liq ilk holat aniqlandi. Bu haqda bugun, 24 mart kuni orol ma’muriyati ma’lum qildi.

Tinch okeanidagi Pasxa oroli dunyodagi odam yashaydigan eng uzoq orol hisoblanadi. Unga juda ham yaqin bo‘lgan qit’a – Janubiy Amerika, oroldan 3 514 kilometr masofada joylashgan. Eng yaqin aholi yashaydigan Tinch okeanidagi yana bir orol, Pitkern esa Pasxa orolidan 2075 kilometr uzoqlikdadir.

"Chuqur qayg‘u bilan shuni ma’lum qilamizki, bizning orolimizda COVID-19 ning birinchi holati tasdiqlandi", deb xabar qoldirdi Pasxa oroli kengashi Facebook'dagi sahifasida.

Orol ma’murlari koronavirus tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rmoqda. Odamlarga bir metrdan kam masofada yaqinlashmaslik, yo‘talish yoki aksirish paytida og‘zini qo‘l bilan yopish, shuningdek, qo‘llarini tez-tez yuvish tavsiya etilmoqda.

Ma’lumot uchun, Pasxa butun orol bo‘ylab joylashgan tosh haykallari bilan dunyoga mashhur. Orol UNESCO tomonidan butunjahon merosi sifatida ro‘yxatga olingan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 1335 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя