Главная » 2020 » Март » 24 » Koronavirus yuqtirgan bemor bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo‘lgan shaxs tushunchasi belgilandi
08:03

Koronavirus yuqtirgan bemor bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo‘lgan shaxs tushunchasi belgilandi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror bilan Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Nizomga ko‘ra, koronavirusni yuqtirish xavfi darajasiga qarab, koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo‘lgan shaxslarга bo‘linadi. 
 

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslar doirasiga quyidagilar kiradi:

•    koronavirus aniqlangan shaxs bilan bitta xonadonda yashagan shaxs;

•    koronavirus aniqlangan shaxs bilan bevosita jismoniy muloqotda (qo‘l siqish, quchoqlashish) bo‘lgan shaxs;

•    koronavirus aniqlangan shaxs bilan muloqotda (masalan, yo‘talayotganda) himoyalanmagan shaxs; •    koronavirus aniqlangan shaxs bilan 2 metrdan kam masofada 15 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida yuzma-yuz bo‘lgan shaxs;

•    15 daqiqa yoki undan ko‘proq vaqt 2 metrdan kam masofada koronavirus aniqlangan shaxs bilan birga yopiq joyda bo‘lgan shaxs;

•    tibbiy mutaxassis yoki koronavirus aniqlangan shaxsni bevosita parvarishlagan boshqa shaxs yoki shaxsiy himoya vositalarisiz yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzgan holda koronavirus aniqlangan shaxsning bionamunalari bilan ishlagan laboratoriya mutaxassislari;

•    samolyotda, shaharlararo avtobusda, poyezdda koronavirus aniqlangan shaxsdan har qanday yo‘nalishda ikki o‘rindiq oralig‘ida yoki bitta kupeda (poyezdda) bo‘lgan, shuningdek, koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs uchib ketgan samolyotda xizmat ko‘rsatgan ekipaj a’zolari.

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslar provizor gospital yoki izolyatorga joylashtiriladi. 

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar doirasiga koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan bir samolyotda, poyezdda, avtobusda bo‘lgan, ammo ular bilan yaqin muloqot qilmagan shaxslar kiradi. 

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar uy karantinida saqlanadilar.

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 1362 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя