Главная » 2020 » Март » 22 » Koronavirusdan qolayotgan tamg‘a: Covidiot
20:19

Koronavirusdan qolayotgan tamg‘a: Covidiot


"Urban Dictionary" lug‘atida "Covidiot" (Kovidiot) so‘zi paydo bo'ladi. Bu so‘z, koronavirus epidemiyasi sababli vahimaga tushib qolib, atrofdagilarni ham vahimaga soladigan hatti-harakatlar qiluvchi shaxsga nisbatan ishlatiladi. 

Kovidiot so‘zi kasallikning nomi COVID-19 va "ahmoq" (idiot) so‘zini birlashtirish orqali paydo bo‘ldi. Ushbu atamaning ma’nolaridan biri pandemiya paytida ehtiyot choralarini e’tiborsiz qoldiradigan odamlardir. Foydalanish misoli sifatida, lug‘atda ushbu jumla berilgan: 

"Bu kovidiot ko‘rgan odamini quchoqlaydi va ular bilan qo‘l berib salomlashadi".

Yangi so‘zning yana bir ma’nosi – vahimaga tushib, turli xil tovarlarni sotib olgan, qo‘shnilarni ushbu tovarlarni sotib olish imkoniyatidan mahrum qilgan shaxs. So‘zning ushbu ma’nosiga lug‘atda quyidagicha misol berilgan: 

"Siz aravachasida 300 dona hojatxona qog‘ozi bo‘lgan kovidiotni ko‘rmadingizmi?"

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash 44 mln 600 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bundan tashqari, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 2118 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя