Главная » 2020 » Март » 24 » Manba: Benzin narxi arzonlashishi kutilmoqda
22:52

Manba: Benzin narxi arzonlashishi kutilmoqda


O‘zbekistonda benzin narxi arzonlashi kutilyapti. Bu ma'lumotni Kun.uz muxbiri suhbatlashgan bir nechta manba tasdiqladi.

Hozircha yoqilg‘i narxi necha so‘mga arzonlashi ma'lum emas. Manbalardan biri taxminan 300 so‘mgacha arzonlashi mumkinligini bildirgan, ammo bu hali aniq emas. Narx qanchaga arzonlashi birja savdolari natijasiga bog‘liq bo‘lib turibdi.

Benzin narxidagi o‘zgarishlar ertaga rasman e'lon qilinishi kutilmoqda. Dizel va boshqa turdagi yoqilg‘ilar narxida o‘zgarish bo‘lish-bo‘lmasligi ma'lum emas.

Ma'lumot uchun, 2020 yilning yanvar-fevral oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2019 yilning shu davriga nisbatan sezilarli ko'paygan: 2019 yilning shu davrida 151,6 ming tonna, 2020 yilda esa 190,3 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham o‘sish kuzatilgan: 2019 yilning dastlabki ikki oyida 169,8 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 195,9 ming tonnani tashkil etgan.

«O‘zbekneftgaz» 1 martdan boshlab o‘z AYoQShlaridagi dizel yoqilg‘isining narxini 7500 so‘mdan 7300 so‘mga arzonlashtirgan.

Avvalroq karantin tufayli AYoQShlar yopilishi haqida tarqalgan gap-so‘zlarni birdaniga bir nechta tashkilot – Energetika vazirligi, «O‘zbekneftgaz», «O‘ztransgaz» va Toshkent shahar hokimligi rad etib chiqqan edi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 1490 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя