Главная » 2020 » Февраль » 7 » Nihoyat! Koronavirus chekinmoqda
21:16

Nihoyat! Koronavirus chekinmoqda


Jenevadagi brifing chog‘ida JSST’ning favqulotda holatlar bo‘yicha ijrochi direktori Maykl Rayan 6-fevral kuni Xitoyda koronavirus xastaligiga chalinganlar soni kamayganini ma'lum qildi. 
“Hozircha xastalikning eng yuqori cho‘qqisini belgilashga vaqt erta, biroq kecha Xitoyda kasallikka chalinish holatlari kamroq qayd etilgani bizni juda quvontirdi. Hozircha biror xulosa chiqarish fikridan yiroqmiz. Voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib boramiz”, dedi Rayan.
Eslatib o‘tamiz, kecha JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus 5-fevral kuni epidemiya boshlanganidan buyon eng ko‘p bemor qayd etilgan sutka bo‘lganini ma’lum qilgandi.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 170 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя