Главная » 2020 » Март » 20 » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 70 ta xatmi Qur’on o‘tkaziladi
09:00

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 70 ta xatmi Qur’on o‘tkaziladi


O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi 70 ta xatmi Qur’on o‘tkaziladi. Bu haqda Musulmonlar idorasi ma’lum qildi.

“Mana shunday yuqumli xastaliklarni tez orada insoniyat boshidan aritish borasida Qur’oni Karim, hadisi shariflar va mo‘’tabar manbalarda duoyu tazarrular o‘qish bayon etilgan”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanashicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan bir qator xayriya ishlari boshlab yuborildi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jonliqlar so‘yilib, go‘shtlari kam ta’minlangan oilalar, yordamga muhtoj kishilar, duosi mustajob insonlarga va mehribonlik uylariga xayriya qilish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

“Imom-xatiblar va imom noiblari tomonidan 20 mart kuni “Najot so‘rash” namozini ado etib, ibodatlardan so‘ng “Solatun nojiya”, “Solatun noriya”, “Hasbunallohu va ni’mal vakil” kabi duolar, iltijolar qilinadi...”, deyilgan idora xabarida.

Ma’lumot uchun, hozirda dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 200 ming nafardan, undan vafot etganlar 10 mingdan oshib ketdi. Virusdan shifo topganlar 88 mingdan ziyodroqni tashkil qiladi. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar hozircha 23 nafarni tashkil qilyapti.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 649 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя