Главная » 2020 » Март » 19 » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga 5,5 ming nafar tibbiyot xodimi jalb etilgan. Ularning maoshi 120 foizga oshiriladi
22:56

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga 5,5 ming nafar tibbiyot xodimi jalb etilgan. Ularning maoshi 120 foizga oshiriladi


O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish ishlariga qariyb 5,5 ming nafar tibbiyot xodimi jalb etilgan. Mazkur xodimlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning oylik maoshiga qo‘shimcha 120 foiz ustama to‘lanadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart, payshanba kuni, bo‘lib o‘tgan yig'ilishda ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, koronavirus tarqalishining oldini olish, shifoxonalarni dori, himoya va diagnostika vositalari bilan ta’minlash, karantin xarajatlarini o‘z vaqtida moliyalashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Kasallanganlarni o‘z vaqtida aniqlash va profilaktikaga e’tiborni kuchaytirish, buning uchun barcha hududiy yuqumli kasalliklar shifoxonalarini ekspress-testlar bilan ta’minlash muhimligi qayd etildi.

Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga karantinga olingan fuqarolar nazoratini ta’minlash yuklatildi.

Avvalroq Ichki ishlar vazirligi dezinfeksiyani bahona qilib, uyga kirishga urinayotgan shaxslardan ogoh bo'lishga chaqirgan edi. Shuningdek, Toshkentda “16” va “1-gorbolnitsa” karantinga yopilgani to‘g‘risidagi xabarlarga izoh berildi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 18-mart, chorshanba kuni, bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida koronavirus bo‘yicha xalqqa murojaat qilgandi. Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 23 kishini tashkil etmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 735 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя