Главная » 2020 » Февраль » 1 » O‘zbekistonga xorijdan kirib kelgan fuqarolar orasida koronavirusga gumon qilingan bemorlar aniqlanmadi
22:15

O‘zbekistonga xorijdan kirib kelgan fuqarolar orasida koronavirusga gumon qilingan bemorlar aniqlanmadi


Koronavirusning O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalib ketishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining “Yangi turdagi koronovirus aniqlangan o‘choqlarda dastlabki va yakuniy dezinfeksiya tadbirlari to‘g‘risida” vaqtinchalik uslubiy qo‘llanma hamda yo‘riqnomalari ishlab chiqildi. Bu haqda agentlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Ushbu vaqtinchalik ko‘llanma va yo‘riqnomalar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tasarrufidagi respublika miqyosidagi ilmiy tadqiqot insitutlari, viloyat-shahar-tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari, hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalariga ijro uchun yuborildi.

Xabar berilishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga 31 yanvar kuni xorijiy davlatlardan 28 ta samolyot qabul qilingan, 4658 nafar fuqaro sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan o‘tkazilgan, shulardan 372 nafari Xitoyda o‘qiydigan talabalardir. Termometriyadan o‘tkazilgan fuqarolar orasida 1 nafar Rossiyadan uchib kelgan fuqaroda tana harorati yuqoriligi aniqlangan, gumon qilingan bemorda O‘RV kasalligi aniqlangan. 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markaziy SEXga qarashli 6 ta SKPdan jami 626 nafar fuqaro o‘tgan va ular orasida tana harorati ko‘tarilgan bemorlar aniiqlanmagan.

Toshkent viloyatining “G‘isht-ko‘prik”, “Oybek”, Surxondaryoning “Ayraton”, “Gulbahor” va Daryo porti hamda Andijon viloyatining “Do‘stlik” SKPlari orqali 655 ta avtotransport, 19344 nafar fuqaro o‘tkazilgan, ular orasida yuqumli kasallikka gumon qilingan bemorlar aniqlanmagan. 

“Xitoy Xalq Respublikasida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha kuzatilayotgan murakkab epidemik vaziyat, bu kasallikni respublika hududiga kirib kelishi va tarqalib ketishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.

1 fevral kungi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasida jami 11821 nafardan ortiq kishi kasallanib, 1795 nafar kishi og‘ir holatda davolanmoqda, 259 nafar kishi ushbu kasallikdan vafot etgan.

Kasallikka chalinish holatlari dunyoning 22 ta davlatda qayd etilgan.

Avvalroq O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus epidemiyasi masalasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgani haqida xabar berdilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 230 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя