Главная » 2020 » Март » 24 » O‘zbekistonlik olimlar koronavirusni aniqlash tizimini ishlab chiqdi
22:07

O‘zbekistonlik olimlar koronavirusni aniqlash tizimini ishlab chiqdi


O‘zbekistonlik mutaxassislar COVID-19 koronavirusini aniqlash tizimini ishlab chiqdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, mutaxassislar ushbu ishlanmani yaratish ustidagi izlanishlarni bundan bir oy oldin, virusning dunyo bo‘ylab tarqalishi avj olgan va O‘zbekistonda ham paydo bo‘lish xavfi ortib borayotgan bir paytda boshlagan. 

Butun jarayon uchun 5-6 soat talab etilishini inobatga olgan holda aytish mumkinki, bu tezkor tahlil emas, balki faqat ixtisoslashgan laboratoriyalarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan to‘liq test tizimidir.

Mahalliy test tizimini yaratish jarayonida O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasining ko‘magini alohida qayd etish zarur. Elchixona AQSHda ishlab chiqarilgan ijobiy nazorat namunalarini tezkor yetkazib berishni tashkil qildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 1143 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя