Главная » 2020 » Январь » 6 » “O‘zgidromet” Toshkentda havo ifloslanishi darajasi haqida ma’lumot berdi
23:34

“O‘zgidromet” Toshkentda havo ifloslanishi darajasi haqida ma’lumot berdi


“O‘zgidromet” Toshkentda havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari haqida ma`lumot berdi. 

Qayd etilishicha, 3-yanvar va 4-yanvar tongida Toshkent shahri meteorologik sharoitlari havo muhitida bir oz zararli moddalar yig‘ilishiga imkoniyat yaratgan.

Statsionar postlarning kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra quyidagi tumanlarda havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan me’yor (REM b.m.) dan ortgani qayd etilgan.

Azot dioksidi bo‘yicha:

Yunusobod, Yashnobod, Mirzo-Ulug‘bek tumanlarida REM b.m.dan yuqori 3 holat kuzatildi.

Boshqa tumanlarda olingan ma’lumotlar bo‘yicha zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘lgani kuzatilmadi.

7-yanvar va 8-yanvar tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida bir oz zararli moddalar tarqalishiga imkoniyat yaratadi. Ifloslanish darajasi past bo‘ladi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 146 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |