Главная » 2020 » Март » 24 » Odam necha marta koronavirus bilan kasallanishi mumkin?
23:09

Odam necha marta koronavirus bilan kasallanishi mumkin?


Bir odam nechta marotaba koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishi mumkin? Ushbu savol bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovga murojaat qilindi.

“Koronavirus infeksiyasi shunday kasallikki, ushbu kasallikni bir marta yuqtirgan insonda turg‘un orttirilgan immunitet hosil bo‘ladi. 

Biroq shunisi ham borki, koronavirusning 40dan ortiq variantlari (shtammlari) bor. Bir turdagi koronavirusdan hosil bo‘lgan immunitet ikkinchi turdagi infeksiya uchun immunitet bo‘la olmaydi. 

Bir vaqtning o‘zida bir necha turdagi koronavirus infeksiyasi tarqalgan bo‘lishi mumkinligini hisobga olsak, bir inson ushbu kasallikdan bir necha bor xastalanishi mumkin”, deydi Otabekov savolga javoban.

Ma’lumot o‘rnida, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 387 382 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 16 767 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 101 987 virusdan butkul forig‘ bo‘lgan. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 4169 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя