Главная » 2020 » Январь » 13 » Olimlar: umrni 10 yilga uzaytirish mumkin
22:02

Olimlar: umrni 10 yilga uzaytirish mumkin


Boston sog‘liqni saqlash jamiyati Garvard maktabi hamda Amsterdam amaliy fanlar universiteti ekspertlari odamdagi qanday odatlar uning umrini uzaytirishga ko‘maklashishini o‘rganish maqsadida 110 000 dan ortiq kishining ma’lumotlarini tahlil qilib chiqishdi.

Natijalar sog‘lom turmush tarziga amal qiluvchi kishilar ortiqcha vaznli va ichish, chekishga ruju qo‘yganlarga qaraganda uzoq umr ko‘rishini isbotlagan. Kun davomida 30 daqiqalik jismoniy mashqlar, tana og‘irligining me’yoriy indeksi, sog‘lom ovqatlanish, alkogol va chekishdan voz kechish inson umrini kamida 10 yilga uzaytiradigan omillardan ekan.  

Natijalar shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal qiluvchi ayollar diabet, yurak-qon tomir kasalliklariga yo‘liqmasdan o‘rtacha 84 yil, erkaklar esa 81 yil yashashlari mumkinligini ko‘rsatgan. 50 yoshda ham zararli odatlardan voz kecholmaganlarda 70 yoshlarga borganda albatta diabet, saraton, yurak-qon tomir kasalliklariga uchrashi qayd etilgan. Tadqiqotda doim tumshayib, nimadandir norozi bo‘lib yuradigan, tana og‘irligi me’yoriy indeksdan 30 kilogramga oshgan, shuningdek, kuniga 15 talab sigaret tutatadigan odamlar borasida eng ko‘ngilsiz ma’lumotlar bor.  

  Tadqiqot natijalari British Medical Journal nashrida e’lon qilingan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 180 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |