Главная » 2020 » Февраль » 13 » Otasiga qo‘l ko‘targan yigit kim? IIV ijtimoiy tarmoqdagi videoga oydinlik kiritdi
19:43

Otasiga qo‘l ko‘targan yigit kim? IIV ijtimoiy tarmoqdagi videoga oydinlik kiritdi


Ijtimoiy tarmoqlarda yo erkak keksa otaxonni tahqirlayotgani, unga qo‘l ko‘tarib, baqirayotgani, bog‘lab qo‘yish bilan tahdid qilayotgani aks etgan video tarqalgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mazkur videoga munosabat bildirdi. 

Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Bahor mahallasida Mash’al ko‘chasi 2-berk ko‘chasida yashovchi yashovchi fuqaro M.A. o‘zining 83 yoshli otasiga nisbatan shunday xarakatalarni sodir etgani aniqlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti xabar qilmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, otaning boshqa o‘gay o‘g‘li esa ushbu holatni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa tarqatib yuborgan. Qabix xarakatni sodir etgan farzand esa ayni vaqtda qattiq pushaymonda ekan. Ta’kidlashicha, otasi o‘g‘lini bu xatti-harakatlari uchun so‘ragan uzrini qabul qilib uni kechirgan. 

“Otamga qo‘pol ravishda muomala qilganim internetga chiqdi. Otamning ahvollari og‘ir. Ikki marta insult bo‘lgan va doim katetir turadi. O‘sha kuni kechasi soat 01:00larda ketishini, turishini aytgandi. Gapirsam tushunmabdi, sal asab ustida qo‘polroq gapirib yuboribman. Boshqa bu narsa qaytarilmaydi”, deydi o‘g‘il.

IIV xabarida qayd etilishicha, ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani ichki ishlar organlari tomonidan xujjatlar rasmiylashtirilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 1500 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя