Главная » 2020 » Февраль » 16 » Peterburgda ayolni daryoga itarib, so‘ngra uni qutqarmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik cho‘kib ketdi
22:24

Peterburgda ayolni daryoga itarib, so‘ngra uni qutqarmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik cho‘kib ketdi


Sankt-Peterburgda mast erkak bir ayolni Fontanka daryosiga itarib, so‘ngra uni qutqarmoqchi bo‘lganda cho‘kib ketdi.

Bu haqda Sankt-Peterburg favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ma'lum qilgan.

Voqea tungi vaqt yuz bergan.

“Taxmin qilinishicha, mast holda bo‘lgan erkak ayolni to‘siq ustidan daryoga itarib yuborgan. Shundan keyin u dastlab ayolni qo‘l ostidagi vositalar bilan qutqarishga harakat qilgan, keyin o‘zini suvga tashlagan. Qutqaruv bo‘linmalari yetib kelguncha ayol qirg‘oqqa chiqarilib olingan va tez tibbiy yordam brigadasiga ko‘zdan kechirilish uchun topshirilgan”, deyilgan xabarda.  

Ta'kidlanishicha, 16 fevral soat 2:25da post-patrul xizmati g‘avvoslari tomonidan daryoda 1956 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi jasadi topilgan. 1971 yilda tug‘ilgan ayol sovqotish alomatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 635 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя