Главная » 2020 » Февраль » 21 » Qashqadaryolik yigit xodimasining telegramdagi yozishmalarini tarqatmaslik evaziga 500 AQSh dollari talab qilgan
23:20

Qashqadaryolik yigit xodimasining telegramdagi yozishmalarini tarqatmaslik evaziga 500 AQSh dollari talab qilgan


Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida yashovchi (ism-shariflar o‘zgartirilgan) yigirma besh yoshli Xolmurod Usmonov o‘ziga tegishli savdo do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlaydigan Lobar Parpiyevaning telefon raqami orqali uning Telegram messenjeridagi profiliga kirib, Muhsin Olimov bilan o‘zaro muloqot qilib yurganligini bilib qolgan.

Telegram messenjeri orqali yangi profil ochib, Lobar Parpiyeva uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatib yuborishini aytib, tovlamachilik yo‘li bilan 500 AQSh dollari talab qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Lobar Parpiyeva Xolmurod Usmonovning talabiga rozi bo‘lgan. Xolmurod Usmonov ushbu yozuvlarni oshkor qilmaslik evaziga 3 500 000 so‘m olishga ko‘ngan. Ammo Lobar Parpiyeva qonuniy yo‘l tutib, Xolmurod Usmonovning xatti-harakati yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoraga xabar bergan.

Ushbu jinoyat ishi ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan va X. Usmonov Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan aybdor deb topilgan, deyiladi xabarda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 723 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя