Главная » 2020 » Январь » 9 » Qoraqalpog‘istonlik shaxs barcha oila a’zolarini va o‘zini o‘ldirdi
23:21

Qoraqalpog‘istonlik shaxs barcha oila a’zolarini va o‘zini o‘ldirdi


Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumani dahshatli qotillik sodir etildi. Tumanning Qipchoq mahallasida istiqomat qiluvchi 27 yoshli S.D. o‘z uyida 1995-yilda tug‘ilgan rafiqasi va ikki yashar qizini bo‘g‘ib o‘ldirdi. So‘ng o‘zini uyining omborxonasida osib o‘ldirdi. 

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning Xabardor.uz’ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyatni keltirib chiqargan sabab va omillarga tergov yo‘li bilan aniqlik kiritiladi.

Jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 300 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |