Главная » 2020 » Февраль » 5 » Samarqandda 252 nafar Xitoydan kelgan o‘zbekistonliklar tekshiruvdan o‘tkazildi, ulardan 197 kishi sog‘lom
22:37

Samarqandda 252 nafar Xitoydan kelgan o‘zbekistonliklar tekshiruvdan o‘tkazildi, ulardan 197 kishi sog‘lom


Samarqand viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, 2020-yilning 3-fevraligacha Xitoydan kelgan samarqandliklarning 252 nafari tibbiy kuzatuvga olingan, deb yozmoqda O‘zA.

“Koronavirusning belgilari 14 kun davomida bilinishi e’tiborga olinib, Xitoydan kelgan shaxslarning salomatligi ushbu muddat davomida doimiy e’tiborda bo‘ladi. Zarur tibbiy, sanitariya choralari ko‘riladi. Ayni paytgacha 197 kishining tibbiy kuzatuv muddati tugagan va ularda kasallik belgilari kuzatilmagan”, deyiladi xabarda.

“Viloyat hududiga chetdan koronovirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida Samarqand xalqaro aeroporti va Urgut tumanidagi “Jartepa” chegara postidagi sanitariya-nazorat punktlari kerakli jihoz va tibbiy buyumlar bilan ta’minlandi, bir nafardan infeksionist navbatchilikka qo‘yildi. Shu bilan birga 4 ta tezkor mobil brigadalar tashkil etildi. Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi o‘tkir respirator virus infeksiyalari va gripp kasalliklarining 11 turini aniqlash uchun diagnostikumlar bilan ta’minlangan”, deydi Samarqand viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi vazifasini bajaruvchi X.Boymurodov.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 1699 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя