Главная » 2020 » Январь » 11 » Samolyot bortidagi “qora quti” qanday ishlaydi?
08:34

Samolyot bortidagi “qora quti” qanday ishlaydi?


Har gal aviahalokat ro‘y berganda qayta-qayta tilga olinadigan qora quti nima o‘zi, aslida? Haqiqatan ham qutimi? Haqiqatan ham u qorami? Bu savollarga quyida javob topamiz.

Qora quti: Aslida u nima?
29-oktabr kuni ertalab Indoneziyaning Jakarta aeroportidan ko‘tarilgan Boeing 737 Max 8 samolyoti uchishning 13 daqiqasida halokatga uchradi. Bortdagi 189 kishining hammasi, afsuski halok bo‘lishdi. Qora qutilar, aslida bort yozuvchilari, deb ataluvchi to‘q sariq uzun silindrlar darrov topildi, yozuvlar o‘rganildi.   
“To‘xtab turing, yana qanaqa silindr, axir aniq aytilganku “Qora quti” deb”, deya e’tiroz bilidirishingiz mumkin. Aslida samolyot bortida hech qanaqa quti, ustiga ustak qora quti yo‘q: bort yozuvchisi, deb ataluvchi moslama to‘q sariq, yorqin qizil ranglarda, sharsimon yoki dumaloq bo‘lishi mumkin.
Bu juda oddiy: halokat paytida dumaloq predmetlarga jiddiy zarar yetmaydi, yorqin ranglar esa uni tezroq topilishiga ko‘maklashadi. 

Uning ichida nima bor?
Uning ichidagilar ham juda oddiy narsalar: flesh-xotira, nazorat qiluvchi va SSD-jamlovchi funksiyalarni bajaruvchi funksiyalarga ega zamonaviy yozuv apparati.
Qolaversa, ko‘pgina samolyotlarda hali hamon yozuv moslamasining eski modellari qo‘llanilmoqda. Ular uchish jarayoni haqidagi ma’lumotlarni plyonkaga va hatto, xuddi ilk magnitofonlar singari simga yozadi.

Bu moslamani saqlab qolish esa, juda muhim. Moslama issiqlikdan, urilishdan saqlovchi qatlamlar bilan juda mustahkam o‘raladi. Avtomatik yozuvchi moslamaning o‘zi titan va o‘ta sifatli po‘latdan yasalgan qobiq ichida saqlanadi. Xalqaro me’yorlarga ko‘ra zamonaviy bort yozuvchisi olov ichida 30 daqiqa, suv ostida 6 kilometr chuqurlikda 1 oy mobaynida hech qanaqa zarar ko‘rmasdan turishi, shuningdek, 3400 G dan ortiq yuklamada 6,5 soniyagacha bo‘lgan ma’lumotlarni saqlab qolishi lozim. Qobig‘iga ultratovush tarqatuvchi mayoq o‘rnatilgan bo‘lib, suvga tushgan zahoti ishlab ketadi. Bu suv ostidagi qidiruv ishlarini ancha yengillatadi. Halokat quruqlikda sodir bo‘lsa, qidiruv ancha yengil kechadi, moslama tushgan yer voqea joyidan uncha uzoq bo‘lmaydi.   

Yozuvlarni yo‘qotib qo‘yish ehtimolining oldini olish uchun moslama samolyotda bir emas, bir nechta bo‘ladi. Qolaversa yozuvlar yig‘adigan ma’lumotlariga qarab parametrik va ovozli yozuvlarga ajratiladi.  

Ovoz yozuvchi moslama ekipaj va dispetcherlarning so‘zlashuvini, atrofdagi ovozlarni, gap-so‘zlarini yozib boradi. Parametrik yozuvchi moslama esa samolyotning koordinatalaridan tortib, yo‘nalishi, tezligi, har bir dvigatelning holatigacha muxrlab qo‘yadi. Har bir parametr sekundiga bir necha marta yozib boriladi. Tezkor o‘zgarishlarda yozib olish tezligi ham ortadi. Yozuv sikllarda amalga oshiriladi, xuddi avtomobillarning videoregistratorlaridagi kabi: yangi ma’lumotlar sikli eskilarini o‘chirib boraveradi. Har bir siklning uzunligi 17-25 soatdan iborat bo‘ladi. Demakki, bu vaqt oralig‘i har qanday uchish vaqtiga yetadi. 

U samolyotning qayerida joylashtiriladi?
Halokat sodir bo‘lganda samolyotning dum qismi kamroq talafot ko‘rishi ma’lum. Shu sababdan ham qora qutilar samolyotning dum qismiga o‘rnatiladi. 

Qora qutilar qanday “расшифровка” qilinadi?
Hech qanday. Chunki, yozib olingan ma’lumotlarni shriftlarga ko‘chirish shart emas. “Pасшифровка” deganda yozib olingan suhbatni  matn ko‘rinishiga aylantirish tushuniladi. Bu ishni jurnalistlar yaxshi bilishadi. Ular o‘z ovozli intervyularni so‘zma-so‘z  qog‘ozga tushirib, “расшифровка” qilishadi. Agar yozuv moslamasi zararlanmagan bo‘lsa, ekspertlar uni halokat sabablarini aniqlash uchun aeroportning o‘zidayoq ochishadi. Agar zararlangan bo‘lsa, jarayon biroz cho‘ziladi: mahsus laboratoriyalarda lentalarni, mikrosxemalarni ulash ishlari amalga oshiriladi. Bort uchun tayyorlangan har qanaqa yozuv moslamasi, agar Marian chuqurligi tagida qolib ketmasa, qayta tiklanadi.

Nima uchun “Qora quti” deb ataladi?
Yozuvchi moslamaning nomlanishi borasida turli taxminlar bor. Ammo, eng mashhuri ikkita. Bir paytlar yozuvda fotoplyonka qo‘llanilgan va yorug‘likdan saqlash maqsadida qora qutilarga solingan. Bu birinchi taxmin bo‘lsa, ikkinchi taxmin kashfiyotchi Devid Uorren nomi bilan bog‘liq. Uorren 1953-yilda suhbatni yozib oluvchi ilk moslamani taklif qilgan. Moslama himoya maqsadida po‘lat qutiga solingan edi. Po‘lat qutining ichida esa “Qora quti” deyish uchun asos bo‘ladigan hech narsa bo‘lmagan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 92 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |