Главная » 2019 » Декабрь » 31 » Shamollashning oldini oluvchi 4 usul
17:29

Shamollashning oldini oluvchi 4 usul


Sovuq shamol sekin-asta kuchli qishki bo‘ronlar bilan almashinadi. Bunday sovuq ob-havoda shamollamay yurish qiyin. Biroq chorasi bor!

1.  Qo‘lni imkon qadar tez-tez yuvib turing

Organizmdagi kasallik chaqiruvchi mikroblar ko‘pincha qo‘l terisi orqali kiradi. Amerikalik olimlarning ta’kidlashicha, qo‘lini tez-tez yuvib yuradiganlar 45 foizga kamroq kasallik bilan og‘riydi. Biroq har kim ham qo‘lni qanday yuvish kerakligini bilmaydi-da! Avvaliga qo‘lni yaxshilab sovunlab, so‘ng ko‘p miqdordagi suv bilan chayib tashlash kerak. Yuvilgan qo‘lni yaxshilab quritib artishni ham unutmang. Chunki nam muhit bakteriyalar ko‘payishi uchun ideal makon bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, jamoat joylariga kirishdan oldin antibakterial vositalarni burun atrofiga surtish tavsiya etiladi.   

2.  Ko‘proq suyuqlik iching

Organizmdagi ko‘p suyuqlik bakteriyalarning ko‘payishiga imkon bermaydi. Hattoki, shamollagan inson yonida o‘tirgan bo‘lsangiz ham...
Bunda burun shilliq qavati bakteriyalarning tanaga kirishida to‘siq vazifasini o‘taydi. Agar suv kam ichishga odatlangan bo‘lsangiz, shilliq qavat quriydi va to‘siq vazifasini yaxshi bajarolmay qoladi.

3.  Sovqotishlardan ehtiyot bo‘ling

Sovqotish immunitetni tushiradi. Chunki inson organizmi tanani isitish uchun ko‘p kuch sarflaydi va uning infeksiyalardan himoyalanishga kuchi qolmaydi. 
Odam sovqotgan vaqtda qon hayotiy muhim a’zolarga ko‘proq quyilishga harakat qiladi. Shu sababli sovqatgan insonning birinchi navbatda qo‘l-oyoqlari soviydi. Issiq poyabzal, qalpoq, qo‘lqoplar ob-havo harorati pasaygan vaqtda juda kerak. Qolaversa, qishda imkon qadar qavat-qavat kiyinishga harakat qiling. Bu tanadagi issiqlikni saqlashga yordam beradi.

4.  Hayajonlanmang, stressga berilmang

Stress immunitetni kuchsizlantiruvchi asosiy omillardan biri. Har kuni umumiy bo‘shashishga va hordiq chiqarishga hech bo‘lmasa 10-15 daqiqa ajrating. Umumiy bo‘shashgan vaqtda imkon qadar yaxshi narsalar haqida o‘ylang!


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | Просмотров: 132 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |