Главная » 2020 » Январь » 8 » Sirdaryoda 2 nafar mast fuqaro o‘rtasidagi janjal o‘lim bilan yakunladi
08:20

Sirdaryoda 2 nafar mast fuqaro o‘rtasidagi janjal o‘lim bilan yakunladi


Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Binafsha mahallasida 2020-yil 3-yanvar kuni soat 18:30da 24 yoshli I.Yu. va 53 yoshli N.M. mast holatda janjallashgan. Janjal ulardan birining o‘limi bilan yakunlangan. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar beradi.

Ma’lum qilinishicha, ikki fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan janjal davomida I.Yu. qo‘llari va oyoqlari bilan N.M.ni urgan va tepgan hamda unga tan jarohatlari yetkazgan. Natijada N.M. Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limga yotqizilgan, ammo ko‘rastilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 53 yoshli fuqaro vafot etgan.

Mazur holat yuzasidan Oqoltin tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 3-qismi, “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. I.Yu. ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 159 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |