Главная » 2020 » Январь » 8 » Toshkent ko‘chalarida harakatlanuvchi avtobusda tashilgan otlar yuzasidan axborot berildi
00:01

Toshkent ko‘chalarida harakatlanuvchi avtobusda tashilgan otlar yuzasidan axborot berildi


2019-yilning 23-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida harakatlanuvchi 44-“Aviasozlar – Gulobod” yo‘nalishida "MAN” rusumli avtobusda 2 ta ot olib ketilayotgani tasvirlangan video tarqaldi.

"Toshshahartransxizmat" matbuot xizmatining xabar berishicha, tartib-qoidani bilgani holda haydovchi B. Tojiboyev hamda chiptachi T.Ikromovlar avtobus saloniga otlarning olib kirilishiga ruxsat bergan. 

“Ushbu holat "Toshshahartransxizmat" AJ va avtobus saroyi jamoalari o‘rtasida muhokama qilindi. O‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan qaragani uchun chiptachi T.Ikromov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Haydovchi B.Tojiboyevga nisbatan xayfsan e’lon qilindi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan "Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari"ning 15-bandiga muvofiq avtobusda tumshuqbog‘siz itlar va boshqa hayvonlarni olib yurish taqiqlanishi belgilangan. 


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 258 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |