Главная » 2020 » Март » 23 » Toshkent shahriga har qanday transportda kirish va chiqish to‘xtatiladi
13:52

Toshkent shahriga har qanday transportda kirish va chiqish to‘xtatiladi


Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy yashovchi shaxslarga tatbiq etilmasligi belgilandi

Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida (avtobus, avtomobil, avia, temir yo‘l) 2020 yilning 24 mart kuni soat 00:01 dan boshlab to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash va koronavirus kasalligini respublika hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish maqsadida shunday qarorga kelingan.

Bunda, Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Toshkent shahriga kirish uchun tatbiq etilmasligi belgilandi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 1616 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя