Главная » 2020 » Март » 23 » Toshkent viloyati hokimligi virus yuqtirgan hamshira haqida tarqatgan xabarini rad etdi
20:58

Toshkent viloyati hokimligi virus yuqtirgan hamshira haqida tarqatgan xabarini rad etdi


Toshkent viloyati hokimligi koronavirus infeksiyasining kirib kelishini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi 23 mart kungi rasmiy ma'lumotini yangiladi.

«Ayni paytda viloyat bo‘yicha jami 195 nafar terapevt, 131 nafar reanimator, 64 nafar infeksionist, 133 nafar epidemiolog faoliyat olib boradi. 

Viloyatda infeksiya tarqalishini oldini olish maqsadida 8 martdan 9 mart kuniga o‘tar kechasi Janubiy Koreyadan kelgan 181 nafar fuqaro Qibray tumanidagi «Bo‘ston» sanatoriyasiga joylashtirilgan, 14 kunlik karantin muddati tugashi munosabati bilan 22 mart kuni fuqarolar karantindan chiqarilgan.

15 mart kuni «Chotqol» sanatoriyasiga chet davlatdan kelgan 212 nafar fuqaro 14 kunlik karantin nazoratiga olingan. Nazoratga olinganlarga infeksionist, epidemiolog, dezinfektorlar biriktirilgan.

18 mart kuni Rossiya Federatsiyasidan kelgan 264 nafar fuqaro Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Sokol» bolalar oromgohiga joylashtirilgan. 7 nafar shifokor, 2 nafar epidemiolog, 7 nafar hamshira, 5 nafar kichik tibbiy xodim, 4 nafar dezinfektor tibbiy nazorat uchun safarbar etilgan

Shu kuni «Energetika» sanatoriyasiga jami chet davlatdan kelgan 255 nafar fuqaro 14 kunlik karantin nazorati uchun joylashtirilgan. 

3 nafar shifokor, 1 nafar epidemiolog, 2 nafar hamshira, 6 nafar kichik tibbiy xodim, 4 nafar dezinfektor tibbiy nazorat uchun safarbar etilgan. Hozirgi kunda «Energetika» sanatoriyasida jami 251 nafar fuqaro tibbiy nazoratda saqlanmoqda. 

21 mart kuni Rossiya Federatsiyasidan kelgan 243 nafar fuqaro «Nazarbek» sihatgohiga joylashtirildi. 4 nafar shifokor, 1 nafar epidemiolog, 3 nafar hamshira, 8 nafar kichik tibbiy xodim, 2 nafar dezinfektor tibbiy nazorat uchun safarbar etildi. 

23 mart holatiga Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 101 nafar bemor bo‘lib, ular muntazam ravishda tibbiy nazoratga olingan», deyiladi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati xabarida.

Bundan avvalroq Toshkent viloyati hokimligi viloyatda koronavirus infeksiyasi aniqlangan fuqarolar soni 9 nafarni tashkil etgani to‘g‘risida xabar bergan edi. Xabarda bemorlar haqida ma'lumotlar keltirilgan, unga ko‘ra bemorlarni davolayotgan hamshiralardan biri koronavirus yuqtirib olgani ko‘rsatilgandi.

Bu ma'lumot Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati tomonidan ham qayta nashr etildi.

Keyinroq viloyat hokimligi matbuot xizmati dastlabki xabarini o‘chirib yubordi va o‘zi tarqatgan ma'lumot asosida berilgan xabarlarga raddiya berdi. Unda jurnalistlardan asossiz mish-mishlar tarqatmaslik so‘raladi.

«Toshkent viloyatida hamshira koronavirusni yuqtirib olgani haqidagi ma'lumot tasdiqlanmadi, bu mazmundagi xabarlar yolg‘on.

Hurmatli bloger va jurnalistlar, ayni mazmundagi xabarlarni tarqatmasligingizni iltimos qilamiz», deyiladi xabarda.

  • So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusdan zararlanganlar soni 350 mingga yaqinlashdi, shundan 100 mingdan oshiq kishi tuzalib ketdi, 15 297 kishi vafot etdi.
  • O‘zbekistonda 23 mart holatiga ko‘ra, virus yuqtirganlar soni 46 nafarni tashkil etmoqda.

Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 835 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя