Главная » 2020 » Март » 23 » Toshkentda 56 yashar ayol to‘yga borib, koronavirus yuqtirib oldi
07:46

Toshkentda 56 yashar ayol to‘yga borib, koronavirus yuqtirib oldi


O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olgani aniqlangan birinchi bemor bilan muloqotda bo‘lgan boshqa shaxs ham koronavirus yuqtirib olgani aytilmoqda. Qayd etilishicha, u koronavirus yuqtirgan birinchi bemor bilan to‘yda qatnashgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda. 

Kecha, 22 mart kuni ayol 1964 yilda tug‘ilgan M.T. Respublika virusologiya ilmiy tekshiruv institutiga o‘zida koronavirus (Covid-19) kasalligi mavjudligini tekshirish maqsadida qon tahlillarini topshirgan. 
 

Biroq, u tahlil natijasini kutmasdan, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan qoidalarni buzib, Qibray tumani Rohatbaxsh ko‘chasidagi xonadonga kelib, fuqarolar bilan muloqotda bo‘lgan.

Taassufki, tahlillari natijasiga ko‘ra, M.T.da koronavirus (Covid-19) alomatlari aniqlangan va u tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro M.T. joriy yilning 12 mart kuni yuqorida ko‘rsatilgan manzilda o‘tkazilayotgan to‘y marosimida koronavirus (Covid-19) aniqlangan birinchi bemor bilan uchrashib, muloqotda bo‘lgani sabab, virus mavjudligini tekshirish zarurati paydo bo‘lgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan 22 martda fuqaro M.T.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilgan.
 

Hodisa joyiga Qibray tumani karantin guruhi chiqib, huquqbuzar muloqotda bo‘lgan shaxslarning yashash joylari dezinfeksiya qilinib, barchasi Chirchiq shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga karantinga yotqizilgan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan 23 martdan e’tiboran to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosim singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilingan edi. 

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 5352 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя