Главная » 2020 » Январь » 13 » Toshkentda havo ifloslanishi darajasi ma'lum qilindi
20:26

Toshkentda havo ifloslanishi darajasi ma'lum qilindi


Joriy yilning 9 yanvar va 10 yanvar tongida Toshkent shahri meteorologik sharoitlari havo muhitida juda oz  zararli moddalar yig‘ilishiga imkoniyat yaratdi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar qilmoqda.

Statsionar postlarning kuzatuv ma'lumotlariga ko‘ra, qator tumanlarda havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan me'yor (REM b.m.)dan ortgani qayd etilgan.

Azot dioksidi bo‘yicha:
Yashnobod tumanida REM b.m.dan yuqori 1 holat kuzatildi.

Uglerod oksidi bo‘yicha:
Mirobod tumanida REM b.m.dan yuqori 2 holat kuzatildi.

Boshqa tumanlarda olingan ma'lumotlar bo‘yicha zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan me'yordan yuqori bo‘lgani kuzatilmadi.

14 yanvar va 15 yanvar tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida bir oz zararli moddalar tarqalishiga imkoniyat yaratadi. Ifloslanish darajasi past bo‘ladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 82 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |