Главная » 2020 » Январь » 2 » Toshkentdan Namanganga uchgan samolyot qo‘na olmay ortga qaytib keldi
16:54

Toshkentdan Namanganga uchgan samolyot qo‘na olmay ortga qaytib keldi


Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Namanganga uchgan yo‘lovchi samolyoti  qo‘na olmay ortga qaytib keldi. Bu haqda «Novosti Tashkenskogo Neba» manbasi xabar bergan.

HY-669 reysi bilan Toshkentdan Namanganga parvoz qilgan a-320-214 samolyoti noqulay ob-havo tufayli ortga qaytishga majbur bo‘lgan. 

Sovuq havo, quyuq tuman, gorizontal ko‘rish imkoni 600 metrdan kam, vertikal ko‘rish imkoni 60 metrdan kam bo‘lgan holatda samolyot ekipaji Toshkentga qaytishga qaror qilgan.

Shuningdek, HY-669 Namangan-Novosibirsk va HY-670 Novosibirsk-Namangan-Toshkent reyslari ham noqulay ob-havo tufayli kechiktirilgan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 189 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |