Главная » 2020 » Январь » 25 » “Tovushim dag‘allashib qoldi”: Ovoz o‘zgarishining 7 sababi
08:31

“Tovushim dag‘allashib qoldi”: Ovoz o‘zgarishining 7 sababi


Hamma ovozi mayin va shirador bo‘lishini istaydi. Ammo yosh o‘tgani sayin ovoz xiralashib boradi. Ba’zida esa gaplashmaganingizga ancha bo‘lib ketgan inson bilan telefon orqali suhbatlasha turib, bu o‘shamidi-yo‘qmi, deb hatto ikkilanib qoladi kishi. Xo‘sh, nima uchun odamning ovozi o'zgaradi?

1. Qomatni tutish holati

Agar siz bukchayib, ko‘krak qafasini ezib qo‘ygan bo‘lsangiz, ovozingiz “o‘tmas” bo‘lib chiqishi tabiiy. Qolaversa, depressiya, ichki xavotir, e’tiborga tushishni xush ko‘rmaydiganlar mana shunday holatda yurishadi. Bunday insonlar gapirganida ham jumlaning oxirini yutib yuborishadi.   

2. Tamaki chekish

Tamaki tutuni nafas yo‘llarini, og‘iz va tomoqni kuydiradi. Bu sohadagi qon-tomirlar torayib, ovoz paychalariga qon yetib borishi susayadi. Qarabsizki, ovoz jarangdorligi yo‘qolib, dag‘allashib qoladi. Bu o‘zgarishlar ayollarda erkaklarga nisbatan tezroq kuzatiladi.

3. Stress

Asabiylik, psixologik buzilishlar, emotsional zo‘riqishlar ovozni butunlay yo‘qotishga ham olib kelishi mumkin. Ichki halovatsizlik bo‘yin mushaklarini bosib qo‘yadi, tana elastiklikni yo‘qotadi, ovoz tembri ortib, yuzaki bo‘lib qoladi. Odamlar bir-biri bilan janjallashganida ovozda ham o‘zgarishlar kuzatiladi: u qaltiroq yoki dag‘al, jarangdor yoki jarangsiz bo‘lib qolishi mumkin. Shu sabab ziddiyatga borib turgan insonni ikkinchi bir inson eshitgisi kelmaydi. Agar sterssli vaziyatlar surunkali davom etaversa, ovoz ham shunga moslashib qoladi. Uning tembri o‘zgaradi.

4. LOR a’zolari kasalliklari (angina, faringit, laringit)

Quloq, burun, tomoq a’zolaridagi kasalliklar ovozning o‘zgarishiga yoki butunlay yo‘qolib qolishiga ham sabab bo‘ladi. Ovoz tembri pasayib, xirildoq bo‘lib qoladi. Bunday ovozidan uyalganlar pichirlab gapirib, yanada vaziyatni og‘irlashtiradi. Shu sabab LOR a’zolari kasalliklarini o‘z vaqtida davolashga harakat qiling. 

5. Ovoz bilan bog‘liq faoliyatlar

Vokalchi, pedagog, dispetcher, jurnalist kabi ovoz bilan ishlaydigan insonlar o‘z ovozini zo‘riqtirib qo‘yishadi. Ulardagi zo‘riqishlarni to‘g‘ri davolashni bilish kerak. 2-3 soatlik chiqishlardan so‘ng, albatta, uxlab olish zarur. Bu ovoz paychalarini tiklashga, mushaklarni bo‘shashtirishga yordam beradi. 

Agar omma oldiga chiqishlar davomiyligi uzaysa, o‘rtada 10-15 daqiqa tanaffus qilishga harakat qiling.   

6. Yeguliklar

Alkogol, gazli, o‘ta issiq yoki o‘ta sovuq ichimliklar, achchiq ovqatlar og‘iz va tomoq shilliq qavatini yallig‘lantiradi. Yong‘oq, pistalar ham ovoz paychalarini ta’sirlantiradi. Ovoz jarangdorligi yo‘qoladi. Nutq tembri o‘zgaradi.

7. Gormonlar

Yosh o‘tgani sayin organizmda gormonal o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, ovoz paychalari o‘z elastikligini yo‘qotib, qarilikka xos ovoz paydo bo‘ladi. Ovoz shirasini yo‘qotmaslik uchun bo‘yin mushaklarini mashq qilib boring. Boshni imkon qadar yengil tuting. Eng asosiysi, o‘zingizga nisbatan g‘amxo‘r bo‘lishga harakat qiling. Ovozni zararlashi mumkin bo‘lgan jarohatlanishlardan qoching, o‘z vaqtida uxlang va to‘g‘ri ovqatlaning.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | Просмотров: 225 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя