Главная » 2020 » Март » 24 » Turkiya koronavirusga qarshi “maxsus dori” dan foydalanmoqda
22:20

Turkiya koronavirusga qarshi “maxsus dori” dan foydalanmoqda


Turkiya koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun Xitoydan yuborilgan dori-darmonlardan foydalanmoqda. Bu haqda kecha, 23 mart kuni Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja ma’lum qilgan. 

"Bugun ertalab biz Xitoydan maxsus dori-darmon olib keldik. Ushbu dori koronavirus bilan kasallangan bemorlarning ahvoli yaxshilanishiga olib keldi. Ushbu vositalar bemorlarning davolanish muddatini 11-12 kundan 4 kungacha qisqartiradi", deydi Koja.

Koja dori haqida to‘liq ma’lumot bermadi. Ammo bu dori yaqinda Xitoy va Fransiyada koronavirus bilan og‘rigan bemorlarni davolash uchun ishlatilgan xloroxin ekanligi aytilmoqda.
 

Ba’zi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, xloroxin koronavirusga qarshi katta natija beradi. Ammo olimlar bu dori haqiqatan ham samarali va xavfsiz ekanligini aniqlash uchun qo‘shimcha sinovlar o‘tkazish kerak, degan fikrda.

Fransiyada xloroxinni qo‘llanilishi

Sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran kecha, 23 mart kuni Fransiyada xloroxinni koronavirusning og‘ir shakllari bilan og‘rigan bemorlarga qattiq nazorat ostida berish mumkinligini aytdi.

Veranning ta’kidlashicha, ushbu dori vositasi kasallikning yengil holatlarini davolash uchun ishlatilmasligi kerak.

"Oliy Kengash ushbu doridan foydalanmaslikni maslahat beradi. Faqat jiddiy holatlar bundan mustasno", deydi Veran.


Manba: "qalampir.uz"
Просмотров: 1172 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя