Главная » 2020 » Март » 23 » Turkiyalik diyetolog sarimsoqning yoqimsiz hidini bartaraf etish chorasini aytdi
08:29

Turkiyalik diyetolog sarimsoqning yoqimsiz hidini bartaraf etish chorasini aytdi


Turkiyalik diyetolog Shebnem Kandirali Yildirim sarimsoqning foydali xususiyatlari va uni yeganda yoqimsiz hidning chorasi haqida so‘zlab berdi, deb yozadi «Sözcü».

Shifokorning ta’kidlashicha, sarimsoq sut bezi saratonidan himoyalanishga hamda qonda qand miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Bu o‘simlik ovqatdan zaharlanish asoratlarini bartaraf etadi, tarkibidagi oltingugurt esa qon bosimini me’yorlashtiradi.

«Kampilobakteriyalar chaqirgan ovqatdan zaharlanganda sarimsoq an’anaviy antibiotiklarga qaraganda yuz baravar  samaraliroq», — deya ta’kidlaydi shifokor.

Yildirimning aytishicha, muntazam piyoz va sarimsoq iste’mol qiluvchi ayollar tos-son bo‘g‘imi artritidan kamroq qiynalishadi, negaki bu o‘simliklar tarkibida bo‘g‘imlar zararlanishining oldini oluvchi modda bor.

Shifokorning ta’kidlashicha, ko‘pchilik hidi tufayli sarimsoq yeyishdan bosh tortadi. Yoqimsiz hidning oldini olish uchun sarimsoqni qaynatilgan sut bilan birga iste’mol qilish lozim.

«Sarimsoqni taom tayyorlash jarayonida qo‘shmasdan, uni xomligicha iste’mol qilish lozim. Chunki termik ishlov foydali oltingugurt birikmalarining hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi», — deydi diyetolog.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | Просмотров: 2213 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя