Главная » 2020 » Январь » 8 » Urush bo‘lmaydi! Eronga qo‘shin kiritish kerak – Tramp
22:00

Urush bo‘lmaydi! Eronga qo‘shin kiritish kerak – Tramp


Avvalroq, Vashington vaqti bilan soat 11:00 da (Toshkent vaqti bilan 21:00) Oq uy Eronning AQSH harbiy bazalariga hujum bo‘yicha rasmiy bayonot berishini ma’lum qilgandik.

Ayni vaqtlarda AQSH Prezidenti Donald Tramp hodisa yuzasidan xalqiga murojaat yo‘llab, Eronning Iroqdagi Amerika harbiy bazalariga hujumida hech kim halok bo‘lmaganini ma’lum qildi. Shuningdek, Eron chekingani ma’qulligi va bu butun dunyo uchun yaxshi bo‘lishini ta’kidladi.

"AQSH zudlik bilan Eronga qarshi yangi iqtisodiy sanksiyalar joriy qiladi. Kafil davlatlar tan olishi kerak, Eron bilan kelishuv ustida ish olib borish vaqti keldi. AQSH o‘z harbiy kuchidan foydalanishni istamayapti. Iqtisodiy potensial Eronni tiyib turish uchun eng yaxshi faktor", deydi Tramp bayonotida. 

AQSH Prezidenti Eronni terrorizmning asosiy homiysi ekanini yana bir bor ta’kidladi.

"Sulaymoniy yomon, u terrorchilarni tayyorlardi va o‘limni allaqachon haq etgandi. Eron hujumlarni va yadro dasturini to‘xtatishi shart. Bundan tashqari, mamlakatda barcha dunyo davlatlari kuchlari mavjud bo‘lishi kerak, jumladan, Rossiyaning ham", dedi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida eronlik general Qosim Sulaymoniy AQSH hujumi vaqtida o‘ldirildi. Shundan so‘ng Eron-AQSH munosabatlari keskin tus olib, ochiq tahdidlar yangray boshladi. Eron Oliy rahbari oyatullo Ali Homayniy Amerikadan qasos olishga va’da berdi. O‘sha kuniyoq Iroqdagi AQSH elchixonasi va Badal aviabazasi hujumga uchradi.

Bugun tunda esa Iroq g‘arbidagi Ayn al-Asad harbiy-havo bazasi va Erbildagi baza Eron hujumiga uchradi Hodisada halok bo‘lganlar haqida turli ma’lumotlar berildi. Eron OAV hujumda 80 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Ammo CNN telekanali raketa hujumida qurbonlar bo‘lmaganini ochiqladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 364 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |