Главная » 2020 » Март » 19 » Uxanda birinchi marta koronavirus yuqtirish holati qayd etilmadi
20:00

Uxanda birinchi marta koronavirus yuqtirish holati qayd etilmadi


COVID-19 koronavirusi paydo bo‘lgan Xitoyda o‘tgan bir sutka davomida qurbonlar soni 7 nafarga, kasallik yuqtirib olganlar 34 nafarga va davolanganlar 819 nafarga yetdi. Ahamiyatlisi, yangi kasallanganlarning hech biri koronavirus pandemiyasi markazi bo‘lgan Uxan shahrida aniqlanmadi. Bu haqda XXRning Sog‘liqni saqlash va gigiyena masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 80,9 mingga yetgan, shundan 70,4 minggi shifo topgan, 3245 nafari vafot etgan. Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan o‘lim darajasi 4 foizga teng. Davolanganlar hozircha 87 foizni tashkil qilyapti.

Xitoyda vaziyat barqarorlashdi. Mamlakatning 31 ta regionidan 15 tasida koronavirusga chalinganlar yo‘q. Qolgan 16 ta viloyatdagi tuman va shaharlarda ham oz sonli bemorlar qolgan.
 

COVID-19 markazi bo‘lgan Xubey provinsiyasidadan tashqari boshqa viloyatlarda koronavirusdan o‘lim qayd etilmagan, yangi kasallar ham bo‘lmagan. Shu bilan birga 795 kishi davolangan. U yerda 6,9 ming bemor qolyapti. Xitoyning kattagina qismida bir necha kunlardan beri kasallanishning yangi holatlari qayd etilmayapti. Biroq endi Xitoyga chetdan koronavirus yuqtirgan odamlarning kirib kelishi ko‘paygan. Bugungacha 189 ta shunday holat aniqlangan.

Xitoyda koronavirusga chalinganlar bilan aloqada bo‘gan 9,1 ming odam bor. Shuningdek, 105 kishi koronavirus yuqtirganlikda gumon qilinib, karantinga olingan.

Ma’lumot o‘rnida, yangi turdagi koronavirus 2019 yil dekabr oyi oxirida aniqlandi. Virus Xitoy markazidagi aholi eng zich joylashgan shaharlardan biri Uxanda aniqlandi. Joriy yilning mart oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishini pandemiya deb tan oldi. Koronavirus aniqlangan davlatlar 176 taga yetdi. Shu jumladan, O‘zbekistonda ham koronavirus aniqlandi. Hozirda dunyo bo‘yicha 220 mingga yaqin odam koronavirus bilan kasallangan, ularning 9 mingga yaqini halok bo‘lgan.


Manba: "qalampir.uz"
Просмотров: 641 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя