Главная » 2020 » Февраль » 10 » Xitoy koronavirusi SARS va MERS`ni ortda qoldirdi
08:50

Xitoy koronavirusi SARS va MERS`ni ortda qoldirdi


Xitoyda paydo bo‘lib dunyoga tarqalgan yangi 2019-nCoV koronavirusidan halok bo‘lganlar 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS-CoV) qurbonlaridan ko‘payib ketdi.

Bugun, 10 fevral ma’lumotiga ko‘ra, koronavirus qurbonlari 910 nafarga yetdi. Ularning 908 nafari Xitoyning materik qismida halok bo‘lgan. Ikki o‘lim Gonkong va Filippinda qayd etilgan.

2019-nCoV koronavirusi bilan kasallanganlar dunyo bo‘yicha 40 554 nafarga yetdi. Shundan 40 171 nafari Xitoyda aniqlangan.

Virusdan davolanganlar bugunga kelib, 3342 nafarni tashkil qilyapti. Bemorlarning 6494 nafari og‘ir ahvolda deb baholanyapti.

Ma’lumot uchun, SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan. Xitoyda yangi koronavirusga vaqtinchalik NCP nomi berildi. Bu borada yangi koronavirusning o‘lim darajasi 2,2 foizga teng.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 27 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya va Belgiyada aniqlandi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 1022 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя