Главная » 2020 » Февраль » 1 » Xitoyda posilkalarni olishda koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi aytildi
22:01

Xitoyda posilkalarni olishda koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi aytildi


Xitoy kasalliklar profilaktikasi va ularni nazorat qilish markazi eksperti Chjan Lyubo oziq-ovqat mahsulotlari va jo‘natmalarning zararini baholadi. U ovqat yetkazib berish yoki jo‘natmalardan koronavirus yuqayotgani asossiz ekanligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Chjan Lyuboning ta’kidlashicha, virus havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, profilaktika uchun shunchaki gigiyenaga rioya qilinsa bo‘ldi. Shuningdek, bu virus yetkazib berish xizmatlari orqali yuqayotgani isbotlanmagan. Tovarlar qabul qilib olingach, qo‘lni yuvish va qutini tashlab yuborish kerak.

“Tayyor ovqat solingan konteynerlarni salfetkalar bilan artish kerak”, — deydi Lyubo.

1-fevral holatiga ko‘ra, 2019-nCoV koronavirusi oqibatida 259 kishi vafot etdi. Uni yuqtirib olganlar soni esa 11,7 mingdan oshib ketgan.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 228 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя