Главная » 2020 » Февраль » 4 » Yaqin soatlarda Xitoydan yana ikkita charter reys amalga oshiriladi – manba
22:20

Yaqin soatlarda Xitoydan yana ikkita charter reys amalga oshiriladi – manba


Xitoydagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha belgilangan uchta charter reysning navbatdagi ikkitasi 5 fevralga o‘tar kechasi amalga oshirilishi kutilyapti. Bevosita Uxan shahridan 80dan ortiq o‘zbekistonlik olib kelinishi mumkin.

Koronavirus epidemiyasi tufayli Xitoydagi o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish bo‘yicha yana ikkita evakuatsiya reysi 5 fevralga o‘tar kechasi amalga oshirilishi kutilyapti.
 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligidagi Kun.uz manbasiga ko‘ra, 5 fevral kuni soat 00:25 va soat 03:30 oralig‘ida Xitoydan kelgan ikki samolyot Toshkentga qo‘nishi kutilmoqda.

Samolyotlardan biri Pekindan, ikkinchisi Uxandan parvozni amalga oshiradi. Virus o‘chog‘iga aylangan Uxandan uchadigan samolyotda 80dan ortiq vatandosh olib kelinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 4 fevral kuni Pekindan 250 nafar o‘zbekistonlikni olib uchgan Uzbekistan Airways'ning Boeing-767 samolyoti soat 17:21da Toshkentga qo'ndi. Birlamchi tekshiruvlar natijasida olib kelinganlarning hech birida koronavirus alomatlari aniqlanmadi.

Ular endilikda 14 kun davomida karantinda bo‘ladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 411 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя