Главная » 2020 » Март » 20 » YouTube koronavirus tufayli videolar sifatini tushirdi
22:55

YouTube koronavirus tufayli videolar sifatini tushirdi


YouTube video xizmati Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida internet yukini kamaytirish uchun saytda e’lon qilinadigan videolar sifatini tushirishga qaror qildi, deb xabar berdi Reuters.
 

Qayd etilishicha, bu koronavirus karantini tufayli YouTube foydalanuvchilari sonining ortishi bilan ham bog‘liq.

Ichki bozor masalalari bo‘yicha Yevrokomissar Tyerri Breton internetga kirish bilan bog‘liq muammolarning oldini olish uchun YouTube’ga egalik qiluvchi Alphabet kompaniyasidan video sifatini pasaytirishni so‘ragan edi.

Bretonning baholashiga ko‘ra, videokontent internetda katta trafikni egallaydi.

Qayd etilishicha, Breton Alphabet rahbari Sundar Pichay va YouTube rahbari Syuzen Voyjitski bilan suhbatlashgan. Shundan so‘ng kompaniya videolarning sifati yomonlashishi vaqtinchalik chora ekanligi haqida bayonot berdi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Xubey provinsiyasidan tashqari boshqa mintaqalarida yangi turdagi koronavirus bilan kasallangan 282 kishigina qoldi. Mamlakatda ushbu virusni yuqtirib olgan bemorlarning 87,9 foizi sog‘ayib ketdi. 20-mart, juma kuni, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 nafarga yetdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 821 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя