Главная » 2019 » Декабрь » 31 » Yurakka xavf tug‘diruvchi 5 odat
15:37

Yurakka xavf tug‘diruvchi 5 odat


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalliklari tufayli har yili 17,5 million kishi hayotdan ko‘z yumadi: bu Toshkent shahri aholisidan 6 barobarga ko‘p. Shu bilan birgalikda, 80 foiz kishida infarkt va insult xavfini kamaytirish imkoni bo‘lgan bo‘ladi.

Shifokorlar shuni ta`kidlayiki,  yurak kasalliklari o‘limga olib kelmasligining eng yaxshi chorasi — atigi 5 odatdan voz kechish.

1 odat. Har kuni fastfud va do‘konlardagi yarimfabrikatlar tanovul qilish

«Tezkor ovqatlar» tarkibida yurak va tomirlar salomatligini yomonlashtiruvchi komponentlar bor:

  • ko‘p tuz — u sababli arterial qon bosimi va yurakka yuklama ortadi;
  • davriyligi turli xil bo‘lgan aminlar — harorat ortishi ta'sirida yuzaga keladigan moddalar. Ular qon bosimini oshiradi;
  • to‘yingan yog‘lar — xolesterin ortishini qo‘zg‘atadi, u esa tomirlarda qon yurishini sekinlashtiruvchi tangachalar hosil qiladi;
  • trans-yog‘lar (margarin yoki o‘simlik-sutli aralashmalar). JSST ma'lumotlariga ko‘ra, trans-yog‘lar yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 21 foizga oshiradi;
  • shakarli mahsulotlar — ushbu «bo‘sh kaloriyalar» organizmda teri osti yog shaklida to‘planadi.
 

Shuningdek, iste'moli butunlay bekor qilinishi kerak bo‘lgan mutlaqo yomon ovqat yo‘qligini inobatga olish kerak. Agar siz odatda sog‘lom ovqatlansangiz — dasturxoningizda muntazam ravishda sabzavot, meva, butun donli non, bug‘doyning qattiq navidan tayyorlanadigan makaron mahsulotlari, yog‘siz go‘sht yoki baliq bo‘lsa, demak sizda haftasiga ikki marta burger, bir qadoq chips yoki bir stakan koka-kolaning zarari bo‘lmaydi.

Asosiysi, fastfudni bir porsiyadan ortiq iste'mol qilmaslik va har kuni ko‘cha ovqatini buyurtma qilmaslikdir. Buning jiddiy sabablari bor: qovurilgan kartoshkani haftasiga uch yoki undan ko‘p marta iste'mol qiladigan odamlarda erta o‘lim xavfi tug‘ilishi isbotlangan.

2 odat. Kamharakat turmush tarzi

Yurak-qon tomir kasalliklari o‘tirishga asoslangan turmush tarzi tufayli rivojlanadi. Bu o‘tgan asrning 90-yillaridan beri ma'lum. Ammo yetarlicha harakat qilinayotganini qanday bilish mumkin?

Amerika olimlarining bundan besh yil oldingi tadqiqot xulosalari shuni isbotladiki, agar odam kuniga besh soatdan ko‘proq vaqt bir joyda o‘tirsa, uning yurak arteriyalari mo‘rt va himoyasiz bo‘lib qoladi. Ishdan keyin sport zaliga borish buni bartaraf etolmaydi.

Jaklin Kulinski, tibbiyot fanlari doktori, Viskonsin shtati tibbiyot kolleji yurak-qon tomir kasalliklari kafedrasi dotsenti, tadqiqotning yetakchi muallifi:
— Tushlik paytida piyoda sayr qiling, telefonda gaplashayotganda ofis atrofida aylaning, lift o‘rniga zinadan foydalaning va kundalik yurish normasini unutmaslik uchun smartfonlarga mo‘ljallangan qadamo‘lchagich dasturlaridan foydalaning. 

 

Kechki hordiq va dam olish kunlariga kelsak, jismoniy faoliyatning har qanday miqdori uning yo‘qligidan yaxshiroqdir. Shuning uchun, agar ishdan keyin o‘zingizni kuchsiz sezsangiz, metrogacha yoki uygacha piyoda borishning o‘zi yetarli (shu orqali har kungi bir xillikdan xalos bo‘lasiz). 

Yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash uchun JSST mutaxassislari haftasiga kamida 2,5 soat yurishni maslahat berishadi. 

3 odat. Chekish

Chekish nafaqat yurak va qon tomirlariga, balki butun tanaga zarar yetkazadi. Masalan, AQShda har beshinchi kishi kashandalik tufayli vafot etadi. Arteriyalar eng ko‘p zarba oladi: faol va nofaol tarzdagi chekish qondagi kislorod miqdorini kamaytiradi va tomirlarda aterosklerotik tangachalar hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Bu yurak-qon tomir kasalliklariga olib kelishi mumkin.

Ko‘pincha kasallik o‘zini namoyon qilmaydi, ammo aterosklerotik toshmalar ochilib qon oqimi bilan birga yurak yoki miyaga yetganda juda kech bo‘ladi. Infarkt va insult shu tarzda sodir bo‘ladi. Chekishni tashlash orqali ularning oldini olishingiz mumkin.

Hozirga qadar muntazam chekkan bo‘lsangiz ham, tashlab yuborish uchun hech qachon kech bo‘lmaydi.  

4 odat. Spirtli ichimliklar iste'moli

Shifokorlar, umuman ichmaslik eng foydali ekanligiga ishonishadi. Kundalik bir stakan pivo (350 ml), bir stakan sharob (140 ml) va kuchli spirt (40 ml) tarkibida 14 g toza spirt mavjud. Qon tomir salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘ilishi uchun bu yetarli hisoblanadi. Qon bosimi va xolesterin darajasi oshadi. 

5 odat. Tekshiruvlardan o‘tmaslik

O‘zingizni yaxshi his qilgan taqdiringizda ham sog‘ligingizni nazorat qilib borishingiz kerak. Yurak-qon tomir kasalliklari «shoshilmas qotillar» deb nomlanadi: kasallik belgilari asta-sekin va sezdirmasdan rivojlanadi, ba'zan tug‘ma moyillik tufayli. Shu sababli, yurak-qon tomir kasalliklari hatto sog‘lom turmush tarzini olib boradigan yoshlarga ham tahdid solishi mumkin. 

 

Kasallik ilk davrlarini o‘tkazib yubormaslik va davolanishni o‘z vaqtida boshlash uchun sog‘likning asosiy ko‘rsatkichlarini kuzatish juda muhimdir: 

  • bel atrofini tortish va o‘lchash; 
  • qon bosimini o‘lchash;
  • EKG qilish;
  • qondagi glyukoza va xolesterin miqdorini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tish. 

Natijalar tahlil qilish va shaxsiy xavf darajasini aniqlash uchun terapevt yordamga keladi.

Xulosa
Sog‘lom turmush tarzi yurak uchun xavfli odatlar ustidan osonlikcha g‘alaba qozona oladi. Kuchli berilish talab etilmaydi: yurak «motori» va unga olib keladigan tomirlar salomatligini saqlash uchun sog‘lig‘ingizni nazorat qilish, fastfudga o‘rganib qolmaslik, spirtli ichimliklardan voz kechish, ko‘proq yurish va chekishni tashlash kifoya.


Manba: "kun.uz"
Категория: Maslaxatlar | Просмотров: 187 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |