Главная » 2021 » Июль » 6 » 11 yoshli bolakay bir yil ichida universitetni tamomlab, hech kimning xayoliga kelmagan rejalar tuza boshladi
22:34

11 yoshli bolakay bir yil ichida universitetni tamomlab, hech kimning xayoliga kelmagan rejalar tuza boshladi


Belgiyalik 11 yoshli bola Antverpen universitetini tugatib, fizika bo‘yicha bakalavr darajasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda 9NEWS xabar bermoqda.

Loran Simons (Laurent Simons) akademik daraja olish uchun atigi bir yil sarfladi. Odatda buning uchun uch yil kerak bo‘ladi.

Endi vunderkind bola Flaman universiteti magistri bo‘lish haqida o‘ylayapti. Shundan keyin hech kimning xayoliga kelmagan rejalarini amalga oshirmoqchi.

«Men imkon qadar ko‘proq a’zolarimni sun’iysiga almashtirishni xohlayman», — dedi Simons.

Avvalroq u Bryugge maktabida bir yarim yil ichida to‘liq kursni tamomlagan.

Bola 2019-yil oxirida 9 yoshida Eyndxoven Texnologiya Universitetini elektrotexnika ixtisosligi bo‘yicha o‘qishni tugatishi kerak bo‘lganida dunyoga tanildi. Universitet ma’muriyati va ota-onasi o‘rtasida bitiruv sanasi bo‘yicha kelib chiqqan nizo tufayli Simons maktabni tark etishiga to‘g‘ri kelgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: bolakay, universitetni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя