Главная » 2018 » Апрель » 25 » 16 yoshdan kichik yevropaliklarga WhatsApp’dan foydalanish taqiqlandi
20:05

16 yoshdan kichik yevropaliklarga WhatsApp’dan foydalanish taqiqlandi


WhatsApp messenjeri Yevropa ittifoqida yashovchilar uchun yosh cheklovlarini joriy etyapti – endilikda foydalanuvchi 16 yoshga to‘lganini tasdiqlashi lozim bo‘ladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

O‘zgarishlar Ma’lumotlar himoyasi bo‘yicha umumiy reglamentga muvofiqlik doirasida qabul qilindi, u joriy yilning mayida kuchga kiradi. Bu qaror YeI barcha fuqarolari shaxsiy ma’lumotlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan.

Yangi qoidalar yaqin bir necha hafta ichida kuchga kiradi. WhatsApp jamoasi foydalanuvchi 16 yoshdan katta ekanini aynan qanday isbotlashiga oydinlik kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WhatsApp hammuassisi foydalanuvchilarni Facebook’ni o‘chirib tashlashga chaqirgandi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: WhatsApp | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя