Главная » 2021 » Январь » 28 » 1 fevraldan benzin narxi qanchaga oshishi mumkinligi aytildi
18:23

1 fevraldan benzin narxi qanchaga oshishi mumkinligi aytildi


O‘zbekistonda joriy yilning 1 fevralidan Ai-80 benzini narxi o‘rtacha 110 so‘mga oshishi kutilyapti. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kompaniya xabarida ta’kidlanishicha, 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan qator neft mahsulotlari va yakuniy iste’molchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz soliq stavkalariga joriy yil 1 fevraldan o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilmoqda.

Neft mahsulotlariga solinadigan aksiz soliq stavkalari:

•    1 tonna Ai-80 benzini: amalda – 200 000 so‘m, 1 fevraldan – 240 000 so‘m (o‘zgarish 40 000 so‘m yoki 20%);

•    1 tonna Ai-90 va undan yuqori markali benzini: amalda – 250 000 so‘m, 1 fevraldan – 275 000 so‘m (o‘zgarish 25 000 so‘m yoki 10%);

•    1 tonna dizel yoqilg‘isi: amalda – 200 000 so‘m, 1 fevraldan – 240 000 so‘m (o‘zgarish 40 000 so‘m yoki 20%);

•    1 tonna EKO dizel yoqilg‘isi: amalda – 180 000 so‘m, 1 fevraldan – 216 000 so‘m (o‘zgarish 36 000 so‘m yoki 20%).

Yakuniy iste’molchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz soliq stavkalari:

•    1 tonna benzin: amalda – 378 480 so‘m, 1 fevraldan – 465 530 so‘m (o‘zgarish 87 050 so‘m yoki 23%);

•    1 tonna dizel yoqilg‘isi: amalda – 346 275 so‘m, 1 fevraldan – 425 918 so‘m (o‘zgarish 79 643 so‘m yoki 23%).

“Yuqoridagi o‘zgarishlar Ai-80 benzini misolida ko‘rilganida, AYOQSHlarda o‘rtacha narx tarkibidagi mavjud soliq va boshqa majburiy to‘lovlar o‘rtacha 110 so‘mgacha (QQS bilan) bo‘lgan miqdorda chakana narxiga ta’sir qilishi mumkin”, deyiladi xabarda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: benzin narxi, oshishi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя