Главная » 2020 » Октябрь » 8 » 1 noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi
16:24

1 noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 noyabrdagi “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Toshkent shahar jamoat transporti avtobus va metropoliten yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish ishlari doirasida 2020 yil 3 yanvardan e’tiboran yagona transport kartalari muomalaga chiqarilgan.

Hozirgi kunda Toshkent metropolitenining barcha liniyalaridagi bekatlar yo‘l haqi to‘lovlarini yagona transport kartalari va NFC bank kartalari orqali amalga oshirish imkoniyatini beruvchi statsionar validatorlar bilan jihozlandi.

Shu bilan birga poytaxtimizda yo‘lovchilarga xizmat qilayotgan “Toshshahartransxizmat” AJga qarashli 1000 dan ortiq avtobuslarning barchasi elektron kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi mobil va statsionar validatorlar bilan to‘liq ta’minlandi.

Navbatdagi bosqichda yo‘lovchilarning yagona transport kartalari orqali yo‘l haqi to‘lovlarni amalga oshirish ko‘lamini kengaytirish, avtomatlashtirilgan tizimning to‘laqonli ishlab ketish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida 2020 yil 1 noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.  

Eslatib o‘tamiz, yagona transport kartalarining hisobini metro kassalari, oylik yo‘l chiptalarini sotish shahobchalari, infokiosklar, barcha elektron to‘lov tizimlari, shuningdek, ATTO – mobil ilovasi orqali to‘ldirish imkoniyati mavjud!

Hurmatli yo‘lovchilar, endi siz shahobchalar va kassalarga murojaat etib, ortiqcha vaqt sarflashingizga hojat yo‘q. Qolaversa, o‘z salomatligingizni asrash maqsadida ham yo‘l haqi to‘lovlarini naqd pul ko‘rinishida amalga oshirishdan voz keching.

Yo‘l haqi to‘lovlarini yagona transport kartalari orqali amalga oshiring. Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi doirasida ushbu zamonaviy va yangi xizmat imkoniyatlaridan foydalaning!


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: to‘xtatiladi, foydalanish, jetonlardan, metropolitenida, 1 noyabrdan, toshkent | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя