Главная » 2020 » Сентябрь » 15 » 27 yoshli yigit o‘z pochchasini o‘ldirib kanalga oqizib yubordi
16:06

27 yoshli yigit o‘z pochchasini o‘ldirib kanalga oqizib yubordi


Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Qizlartepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi kanaldan tan jarohatlari yetkazilgan jasad topildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Marhum Sharof Rashidov tumani Sovungarlik mahallasida yashagan, 1978 yilda tug‘ilgan, kirakashlik bilan shug‘ullangan U.X. bo‘lib chiqdi. Sud tibbiy ekspertiza o‘limga bosh miya sohasining yopiq jarohati hamda miya to‘qimalariga qon quyilishi sabab bo‘lganligini ko‘rsatdi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruvlar natijasida jinoyatni u bilan birga istiqomat qiluvchi, qaynisi, 1993 yilda tug‘ilgan S.A. sodir etganligi aniqlandi. Ayblanuvchi janjal tufayli pochchasini o‘ldirib qo‘ygan va jasadni marhumga tegishli avtomashinada kanalga olib borib tashlagan. Avtoulovni esa ko‘zdan pana joyda qoldirgan. 

Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni vaqtda S.A. hibsxonada.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kanalga, o‘ldirib, oqizib yubordi, Yigit, o‘z, pochchasini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя