Главная » 2022 » Декабрь » 1 » Sirdaryoda fuqaro itini o‘ldirib, kallasini avtomobiliga yopishtirib olgani aytildi
12:48

Sirdaryoda fuqaro itini o‘ldirib, kallasini avtomobiliga yopishtirib olgani aytildi


Ijtimoiy tarmoqlar orqali Sirdaryoda “Jiguli” haydovchisi itini o‘ldirib, kallasini mashinaga yopishtirib harakatlangani aks etgan tasvirlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, IIB masʼul xodimlari tomonidan avtomashina haydovchisining shaxsi aniqlanib, holatga oydinlik kiritilgan.

Taʼkidlanishicha, avtomobil haydovchisi Guliston shahrida yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro A.A. joriy yilning 28 noyabr kuni o‘ziga qarashli fermadan yashash xonadoniga olib ketish maqsadida itni avtomashina yukxonasiga joylagan. Olib ketilayotgan vaqtda it avtomashina yoqilg‘i quyish baki qopqog‘idan boshini chiqarib olgan va ushbu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan suratga olinib noto‘g‘ri talqin qilingan.

“Holat yuzasidan masʼul xodimlar tomonidan haydovchiga profilaktik tushuntirishlar berilib, xavfsizlik qoidalariga amal qilish yuzasidan ogohlantirildi”, – deyiladi xabarda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: fuqaro, yopishtirib, Sirdaryoda, aytildi, itini, olgani, o‘ldirib, avtomobiliga, kallasini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя