Главная » 2022 » Декабрь » 3 » Buxoro IIB binosida fuqaro vafot etgani aytildi
12:40

Buxoro IIB binosida fuqaro vafot etgani aytildi


Buxorodagi IIB binosida fuqaro vafot etgani aytildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan viloyat IIB tomonidan rasmiy izoh berildi.

Qayd etilishicha, 1985-yil Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug‘ilgan fuqaro H.Q. IIB binosiga kirmagan.

Joriy yilning 28-noyabr kuni Buxoro shahar IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-son IIB Tergov guruhi yurituvida bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha, guvoh tariqasida jalb etilgan fuqaro Q.H. soat taxminan 15:00 da Buxoro shahar 4-son IIB ga jinoyat ishi hujjatlari bilan tanishish uchun kelgan, ammo tergovchi xizmat vazifasi bilan boshqa joyda bo‘lganligi sababli IIB binosiga kirmasdan qaytib ketgan.

Ma’lum qilinishicha, fuqaroni IIB binosiga kirmasdan ortga qaytgan holati videotasvirga muhrlangan.

Shundan so‘ng fuqaro Q.H. “80 Z 015 OA” raqamli “Matiz” avtomobilini to‘xtatib, uni Buxoro shahridagi “Fayziobod” jome masjidiga olib borishini so‘ragan. Yo‘lda, fuqaro Q.H.ning sog‘ligi yomonlashgan va og‘zidan ko‘pik chiqib, xushini yo‘qotgan. Haydovchi xushsiz yo‘lovchini tezkorlik bilan Buxoro shahar kasalxonasiga olib borgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan fuqaro Q.H. shu kuni soat taxminan 21:00 da kasalxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Sud-tibbiy ekspertizasining birlamchi xulosasiga ko‘ra o‘lim “Tutqanoq sindromi, o‘pka va miyaga kislorod o‘tkir yetishmovchiligi” oqibatida yuz bergan. Tekshiruv jarayonida murdaning badanida hech qanday tan jarohatlari aniqlanmagan.

Holat Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.


Manba: "Xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: vafot, IIB, aytildi, binosida, etgani, Buxoro, fuqaro | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя