Главная » 2018 » Апрель » 12 » Agar eringiz ziqna bo'lsa…
21:11

Agar eringiz ziqna bo'lsa…


Ayol erining unga nisbatan xasisona munosabatini o'zgartirish uchun avval o'ziga bo'lgan munosabatni o'zgartirishi lozim. Yuqoridagi sabablarni bartaraf qilib, ayollik xususiyatlarini shalklantirsa, turmush o'rtog'i ham unga bolalarining onasi yoki uyi, osh-ovqatiga qarab o'tiruvchisi emas, ayol sifatida qaray boshlaydi.

Unutmang, sizning ayol sifatida to'rt rolingiz bor. Ularning hammasini risoladagidek va o'z o'rnida ijro qilolsangizgina, turmush o'rtog'ingizning hurmatiga sazovor bo'lasiz.

1-obraz: uy bekasi. Vazifalaringiz — xonadonning sarishta-saranjom tutish, shirin taomlar tayyorlay bilish, bolalarni oq yuvib-oq tarash, erning topganini to'g'ri sarflash kabilar.

2-obraz: jozibali ayol. Eri doim u tomon oshiqadigan, turmush o'rtog'ining ko'nglini ola biladigan, erkakni ilhomlantiradigan, juftini nozik munosabatlarda rozi qila oladigan rafiqa bo'lishingiz talab etiladi.

3-obraz: qizaloq. Ya'ni doim erining himoyasiga muhtoj, o'ziga yarasha erkakliklari bor, turmush o'rtog'ini boricha sevadigan, beg'ubor, quvnoq, biroz shaddod va o'yinqaroq ayol qiyofasiga kirsangiz, turmush o'rtog'ingiz tog'dek qalqoningiz aylanadi.

4-obraz: qirolicha. O'z o'rnini, qadrini biladigan ayol. U chegaralarini himoya qiladi, kimdir xo'rlashiga yo'l qo'ymaydi, kezi kelganida oilasini asrash uchun kurashadi, nazorat qiladi, vaziyatni boshqaradi.

Ayol ishlasa, hammasi hal bo'ladi?!

Avvalo, yuqorida ta'kidlaganimizdek, eringizni shu fe'l-atvori bilan qabul qiling. So'ngra o'z ustingizda ishlang. Bu do'kon ochish yoki boshqa tadbirkorlik ishlari qilishdan ko'ra samaraliroq. Siz pul topib, o'z moddiy ehtiyojlaringizni qondirishingiz mumkin, ammo ko'nglingizdagi bo'shliq bo'shligicha qolib ketaveradi. Chunki aslida mehr, e'tibor istayapsiz. Erkak esa odatda moddiy narsalar bilan e'tiborini qisman bo'lsa-da ifodalaydi.

To'g'ri, xasislik qon-qoniga singib ketgan odamdan umid qilib o'tirish ham yaramaydi. Ishlang, harakat qiling, ammo nima uchun ishlayotganingizni unutmang. Bir so'm topgan kishi ikki so'm topgisi keladi, keyin besh so'mni ko'zlaydi. Qarabsizki, ayol boshingizga ro'zg'or, bolalar tashvishidan tashqari yana bir dunyo ishni sotib olasiz. O'zingizga vaqt ajratmaysiz, eringizning ko'ngliga qarashni unutasiz, ba'zida esa qo'lingiz pul ko'rib, bosar-tusaringizni bilmay qolasiz. Natijada, oilangizdan halovat yo'qoladi, ayollik xususiyatlaringizning o'rnini erkakcha harakatlar egallaydi. Shuning uchun doim me'yorni biling va ishlaysizmi-yo'qmi avvalo o'zingizga e'tiborli bo'lib turmush o'rtog'ingizning diqqatini torting. Eringizning o'rniga ham oila boqish kabi vazifalarini bajarib, o'zingiznikilarni unutib qo'ymang.

Amaliy mashq

Qo'lingizga qog'oz va qalam oling-da, quyidagi ikki savolga javob yozing.

1-savol: Men ayol sifatida nimalarga arziyman?

2-savol: Mening ayol sifatida qanday yutuqlarim bor?

Oldiniga javob yozishga qiynalishingiz mumkin. Lekin yaxshilab o'ylab ko'ring, nahot siz yaxshi, chiroyli va o'zingiz istagandek yashashga arzimasangiz? Nahot, hech yutug'ingiz bo'lmasa? Balkim juda didlidirsiz, qo'li gul pazanda bo'lishingiz ham mumkin, «5» bahoga loyiq kelin, turmush o'rtog'ining ko'nglini zabt etgan rafiqa — albatta, bu kabi sifatlaringiz juda ko'p. Ularni yuzaga chiqaring. O'zingizni anglang, shunda muammolaringiz yechimini topadi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Eringiz, Agar, bo'lsa, ziqna | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя