Главная » 2020 » Ноябрь » 19 » «Alisher Usmonov degan hooov milliarder…» – Shuhrat Abdurahmonovning uchinchi audiosi tarqaldi
23:30

«Alisher Usmonov degan hooov milliarder…» – Shuhrat Abdurahmonovning uchinchi audiosi tarqaldi


Internetda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning ovozi deyilayotgan yana bir audio tarqaldi.

«Bitta-ikkita sassiq, hammang har yoqdan kelgansan… Ayt senlar ham. Sharmandamisan, vijdoning bormi, oriyating bormi? Menga emas Andijon... Hey iflos, nima deb sasiyapsan Andijonimizni? Xohlasang, besh-oltitang avtobusga o‘tirgin-da, bor, o‘tib kel Farg‘onaga, Namanganga, boshqa viloyatlarga bor. Nimadan qolib ketayotgan ekanman men Andijonda.

Alisher Usmonov degan hooov milliarder Namanganda tug‘ilgan ekan. 50 million dollar pul beripti. Namanganda mana shunaqa qilib tumanlarni obod qilishga. Andijonlik qaysi iflos menga bir so‘m pulini berib qo‘yyapti? Endi borib Namanganda 50 million dollarga u nima qilyapti-yu, bir so‘m puli yo‘q Andijon nima qilyapti, solishtirib kel. Butun respublika kelib Namanganga, hammasi kelishib tayyor pulni yeya olmayapti», — degan Andijon viloyati hokimi.

Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyati hokimining dastlab tarqalgan audiosi yuzasidan bildirilgan rasmiy munosabatda ovoz Sh. Abdurahmonovga tegishli ekani tan olinib, u «ikki yil muqaddam yozib olinganligi» ta’kidlangan edi.

O‘sha audioda «shallaqi» ayollarni 15 sutkaga «tiqib qo‘ygani» aytib maqtangan hokimning ko‘p o‘tmay ikkinchi audiosi tarqaldi. Unda tadbirkorlarni haqoratlar bilan obdon «siylab», ulardan birini «Andijon shahrining shakali»ga o‘xshatadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: milliarder, Shuhrat Abdurahmonovning, Alisher Usmonov, tarqaldi, audiosi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя