Главная » 2020 » Ноябрь » 16 » Alisher Usmonov Namanganda Xalqaro biznes markazi qurib beradi
09:35

Alisher Usmonov Namanganda Xalqaro biznes markazi qurib beradi


Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov Namangan shahrining Amir Temur ko‘chasidagi sobiq «Kichkintoylar bog‘i»da bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
6 gektarni egallagan mazkur hududda UMS Holding asoschisi, mashhur tadbirkor hamyurtimiz Alisher Usmonov tomonidan Xalqaro biznes markazi qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu markaz Kongress-xoll, biznes maktabi, mehmonxona, ekopark, sport-sog‘lomlashtirish inshootlarini o‘z ichiga oladi. Sun’iy ko‘llar, favvoralar, avtoturargohlar barpo etiladi.
— Xalqaro biznes markazi qurilishi bahor oylaridan boshlanadi. Bu yerda kelgusida xalqaro simpoziumlar, biznes-forumlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shu orqali Namanganga investitsiyalar kirib kelishi jadallashadi, biznes-turizm uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Mazkur markaz Namanganning o‘ziga xos brendiga aylanadi, — dedi viloyat hokimi.
Shavkatjon Abdurazzaqov qurilish olib borilishi rejalashtirilgan hududda obodonlashtirishga e’tibor qaratish, kotlovan atrofida xavfsizlik masalalarini ko‘zdan qochirmaslik zarurligini ta’kidladi.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qurib beradi, Alisher Usmonov, biznes markazi, Namanganda, Xalqaro | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя