Главная » 2022 » Октябрь » 15 » Namanganda o‘qituvchi o‘quvchini ayovsiz kaltakladi
13:05

Namanganda o‘qituvchi o‘quvchini ayovsiz kaltakladi


Namanganda maktab o‘qituvchisi o‘quvchini kaltakladi.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Davlatobod tumanidagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video tarqalgan edi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 13-oktyabr kuni soat 16:10 larda Davlatobod tumani XTBga qarashli 58-sonli maktabda yuz bergan. Geografiya fani o‘qituvchisi E.M. o‘zi rahbarlik qilayotgan ushbu maktabning 5-“V” sinfiga kirib, 2011-yilda tug‘ilgan X.M.ning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan. Shundan so‘ng o‘quvchini qo‘li bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Hozirda sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘qituvchi, o‘quvchini, ayovsiz, Namanganda, kaltakladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя