Главная » 2022 » Октябрь » 20 » Toshkentda 7 yil davomida ayolini ayovsiz kaltaklagan er qamoqqa olindi
12:13

Toshkentda 7 yil davomida ayolini ayovsiz kaltaklagan er qamoqqa olindi


Toshkent shahrida xotinini ayovsiz kaltaklab, yerto‘lada saqlab kelgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1992-yilda tug‘ilgan Sh.D. Yakkasaroy tumani IIO faoliyatini muvoqiqlashtirish bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, turmush o‘rtog‘i – 1976-yilda tug‘ilgan D.D. unga tan jarohati yetkazganini ma’lum qilib, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani Ichki ishlar organlari FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (“Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq, qizning onasi “Facebook” ijtimoiy tarmog‘i orqali post qoldirib, unda oilaning voyaga yetmagan uch nafar farzandi bo‘lib, kaltaklanishlar bolalarning ko‘z oldida yuz berganini qayd etgan.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi 2,5 oy ichida erkak xotinini to‘rt marta kaltaklab, uning qovurg‘alarini sindirgan. Shuningdek, u oxirgi vaqtlarda kaltaklashlardan tashqari kamar bilan bo‘g‘ishga ham o‘tgan.

Onasining so‘zlariga ko‘ra, qizi bir marta tibbiy ekspertizaga borgan, biroq qovurg‘alari va tishlarining sinishi hamda miya chayqalishi yengil tan jarohati sifatida baholangan.

Bundan tashqari, kuyovi uning huquqlarini buzayotgani haqida bir necha marta Yakkasaroy tumani IIB Profilaktika bo‘limiga murojaat qilgani, shunga qaramay, xodimlar tomonidan hech qanday chora ko‘rilmaganini qo‘shimcha qilgan edi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, yil, kaltaklagan, olindi, davomida, ayolini, qamoqqa, er, ayovsiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя