Главная » 2018 » Январь » 10 » Andijondagi “Bog‘i Bobur” dam olish maskanida qora rangli Tojmahal barpo etiladi
22:54

Andijondagi “Bog‘i Bobur” dam olish maskanida qora rangli Tojmahal barpo etiladi


Andijonda turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining Turkiyadan jalb qilingan maslahatchisi Sodiq Badak ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi” gazetasi.

Tadbirda qayd etilishicha, Andijondagi “Bog‘i Bobur” dam olish maskanida katta hajmdagi obodonlashtirish ishlari bajariladi. Shuningdek, bu yerda Bobur choyxonasi qad rostlaydi, mavjud muzey esa yanada kengaytiriladi.

Bog‘da Zahiriddin Muhammad Boburning Hindistondagi qarorgohini eslatuvchi dam olish joyi hamda Shoh Jahon Agrada bunyod ettirishni orzu qilgan qora rangdagi Tojmahal qurilishi rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda viloyatda 300 dan ziyod sayyohlik obyekti mavjud bo‘lib, ulardan 20 tasi bo‘yicha turistik yo‘nalishlar ishlab chiqilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: barpo etiladi, dam olish maskani, Bog‘i Bobur, qora rangli, Tojmahal, Andijonda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя