Главная » 2017 » Август » 7 » Andijonlik erkak mast holatda kelinini pichoqlamoqchi bo‘ldi
16:54

Andijonlik erkak mast holatda kelinini pichoqlamoqchi bo‘ldi


Andijon shahrining Pushkin ko‘chasida shahar ichki ishlar boshqarmasi va hokimlik tomonidan tashkil etilgan “Mahalla posti”da xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan o‘zining harakatlari bilan shubha uyg‘otgan R.T. to‘xtatilib tekshirilganida, yonida xo‘jalik pichog‘i borligi aniqlandi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Undan nima sababdan pichoq olib yurgani so‘ralganda, oilaviy kelishmovchilikdan siqilib, mast holda kelinining hatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, uni o‘ldirmoqchiligini aytadi. Biroq kelini uyda bo‘lmaganligi uchun ko‘chaga qidirib chiqqanligini ma’lum qilgan. Ayni vaqtda holatga oydinlik kiritish maqsadida, surishtiruv ishlari, shuningdek hudud profilaktika inspektori va mahalla faollari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Kelin, Erkak, Andijonlik, pichoqlamoqchi bo‘ldi, holatda, Mast | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя